📚 Yosh Ta'lim AI — onlayn ta'lim va bilimni sinash tizimi
Yosh Ta'lim AI — Xovos tumani 8-maktab o'quvchilari, abituriyentlar va ustozlar uchun sun'iy intellekt texnologiyalari asosida yaratilgan zamonaviy ta'lim platformasi. Bu yerda o'quvchilar maktab fanlaridan darslarni o'zlashtiradi, AI testlarini ishlaydi va olimpiadalarda qatnashadi.
💻 Aniq fanlar va IT
Informatika, Python dasturlash, algoritmlar, matematika, algebra, geometriya va fizika fanlaridan interaktiv testlar.
🌍 Tillar va gumanitar fanlar
Ona tili va adabiyot, ingliz tili, rus tili, O'zbekiston va jahon tarixi, huquq hamda geografiyadan bilim sinovlari.
🔬 Tabiiy fanlar va olimpiada
Kimyo, biologiya fanlaridan AI mashqlar, halol sinov nazorati, o'quvchilar reytingi va yutuq nishonlari.
❓ Ko'p so'raladigan savollar
Yosh Ta'lim AI platformasida qaysi fanlardan test topshirish mumkin?
Platformada matematika, informatika, dasturlash, ingliz tili, ona tili, tarix, fizika, kimyo, biologiya va barcha umumta'lim maktab fanlari bo'yicha sun'iy intellekt tomonidan tayyorlangan darslar va testlar mavjud.
Ochiq sinovlar va maktab olimpiadalarida qanday qatnashiladi?
Yuqoridagi «Sinovga yozilish» bo‘limida ochiq sinovni tanlang. Ism-familiya bilan darhol boshlash, ustoz tasdig‘ini kutish yoki video/selfie yuborib ustozga qo‘lda tekshirtirish sinov egasi belgilagan tartibga bog‘liq.
O‘quvchi akkauntini qanday ochadi va ustozga qanday birikadi?
Kirish oynasidagi «O‘quvchi sifatida yangi akkaunt ochish» bo‘limidan ro‘yxatdan o‘ting. Akkaunt ochilgach, o‘quvchi ID’ingiz ko‘rinadi. Uni ustozga yuboring va ustoz yuborgan biriktirish so‘rovini o‘zingiz tasdiqlang.